» » Elektrokar 4,9 soniyada 233 km/soat tezlikka erishdi (video)

Elektrokar 4,9 soniyada 233 km/soat tezlikka erishdi (video)


True Cousins daniya loyihasi TC-X deb nomlanuvchi dunyodagi eng tez elektrokarni yaratdi. Avtomobil dreg-reysing uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avgust oyining boshida nimchorak mil (201 metr) masofada 4,89 soniya bilan rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Ikkita elektromotor va litiy-ion batareyalar jamlanmasi bilan jihozlangan avtomobil ikkita urinishni amalga oshirdi. Birinchisida u 200 metrni 4,8968 soniyada bosib o‘tdi. Masofa so‘ngida avtomobil tezligi soatiga 233 kilometrni tashkil qildi.

Ikkinchi urinishda esa avtomobil 4,9019 soniyada 234 km/soat tezlikka erishdi. Eng yaxshi natija 1/8 mil masofada elektrokarlar o‘rtasidagi dunyo rekordi ham bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют