» » Shvetsiyaning Malmyo shahrida ro‘y bergan otishmada uch kishi yaralandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida ro‘y bergan otishmada uch kishi yaralandi


Shvetsiyaning Malmyo shahridagi binolardan birida otishma ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, uch kishi yaralangan. Ularning ikki nafari og‘ir ahvolda. Yaradorlar shifoxonaga yetkazildi.

Voqea tadbirlar o‘tkazish uchun ijaraga beriladigan binoda ro‘y berdi. Politsiyachilar voqea joyini o‘rab oldi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, notanish inson bu yerda o‘tayotgan ziyofatga qo‘shilib, janjal chiqargan. Shundan so‘ng u do‘stini boshlab kelgan va odamlarga qarata o‘t ochgan. U olti yoki besh marta o‘q uzgani ma’lum.

Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют