» » Germaniyaning Sea Eye tashkiloti O‘rta Yer dengizida muhojirlarni qutqarish ishlarini to‘xtatdi

Germaniyaning Sea Eye tashkiloti O‘rta Yer dengizida muhojirlarni qutqarish ishlarini to‘xtatdi


Germaniyaning Sea Eye notijorat tashkiloti xavfsizlik nuqtai nazaridan O‘rta Yer dengizida muhojirlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyalarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ilgariroq “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti ham O‘rta Yer dengizida noqonuniy muhojir va qochqinlarni qutqarish ishlarini to‘xtatishini bildirgan edi. Liviya qirg‘oq qorovulining xatarli xatti-harakatlari, Italiya hukumatining ishga to‘sqinlik qilishi bunga sabab sifatida ko‘rsatilgan edi.

Tashkilotga mintaqadagi eng yirik kema tegishli edi. Endilikda u dengizni monitoring qilishni to‘xtatdi.

O‘z navbatida, Sea Eye Liviya hukumati xususiy notijorat tashkilotlariga tahdid sola boshlaganidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘layotganini e’lon qildi.

Bir muddat ilgari Liviya rasmiylari chet el kemalari mamlakat qirg‘oqlarini tez orada tark etishini talab qilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют