» » Olimlar Antarktida muzlari ostida vulqon kamarini aniqladi

Olimlar Antarktida muzlari ostida vulqon kamarini aniqladi


Edinburg universiteti olimlari Antarktida muzlari ostida 91 ta vulqon aniqladi. Bu sayyoradagi eng yirik vulqon kamari bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Vulqonlarning balandligi 100 metrdan 3,85 ming metrgacha bo‘lib, materikning g‘arbiy chetida joylashgan. Ular 2 kilometrlik muz qavati bilan qoplangan.

Olimlar o‘z tadqiqotlarida samolyotlar va yer usti transportida mustahkamlangan radarlardan foydalandi. To‘plangan ma’lumotlar fazodan olingan fotosuratlar bilan taqqoslandi.

Tadqiqotchilar Ross muzligi ostida ham vulqonlar borligini taxmin qilmoqda. Agar bu tasdiqlansa, mintaqada dunyoda eng ko‘p vulqon joylashgani isbotini topadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют