» » Italiyalik yovvoyi tabiat himoyachilar odamga hujum qilgan ayiqning o‘ldirilishiga norozilik bildirdi

Italiyalik yovvoyi tabiat himoyachilar odamga hujum qilgan ayiqning o‘ldirilishiga norozilik bildirdi


Italiyaning Trento muxtor viloyati rasmiylari 12-avgust kuni mahalliy o‘rmon qorovuli xizmati xodimlari yovvoyi urg‘ochi ayiqni o‘ldirganini bildirdi. Uch hafta muqaddam ayiq odamga hujum qilgan edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lum bo‘lishicha, 22-iyul kuni 69 yoshli erkak kuchugi bilan Terlago ko‘li atrofidagi o‘rmonda sayr qilib yurgan. Kutilmaganda ularga ayiq hujum qilib, erkakni yaralagan. Erkak yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, keyinroq uni o‘t o‘chiruvchilar qutqarib olgan.

Ushbu voqeadan so‘ng viloyati prezidenti Ugo Rossi maxsus qaror bilan insonlar hayotiga tahdid solayotgan ayiqni o‘ldirishga topshiriq berdi. DNK tahlili erkakka 14 yoshli K2J kod ismli urg‘ochi ayiq hujum qilganini aniqlab berdi. E’lon qilingan ov 12-avgust kuni ayiqning o‘ldirilishi bilan tugadi.

Ammo bu voqea yovvoyi tabiatni asrash bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab notijorat tashkilotlar va faollarning noroziligini keltirib chiqardi. Jumladan, Italiya hayvonlar va atrof muhitni himoya qilish uyushmasi e’tiroz o‘laroq Trentoda ishlab chiqariluvchi barcha tovarlar boykotiga chaqirdi.

Bugungi kunda Trentoda 50 ta atrofida kulrang ayiq istiqomat qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют