» » OAV: BMT sanksiyalariga qaramay, Eron qurol-yarog‘lari Rossiyaga yetkazib berilgan

OAV: BMT sanksiyalariga qaramay, Eron qurol-yarog‘lari Rossiyaga yetkazib berilgan


Eron va Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining BMT mamlakatlari uchun Eron og‘ir hujumkor qurol-yarog‘larini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatishni taqiqlovchi rezolyutsiyasini buzgan. Bu haqda Welt am Sonntag gazetasi G‘arb maxsus xizmatlaridagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Nashr qayd etishicha, shu yilning iyunida Eron samolyotlari ikki marta Suriyadagi Rossiya aviatsiya guruhi joylashgan Xmeymim aeroportiga qo‘ngan. Eron samolyotlari og‘ir qurol-yarog‘larning qismlarini yetkazib bergan, ular keyinroq yuk mashinalarida O‘rtayer dengizidagi Tartus portiga yetkazilgan. U yerda ular Rossiyaning “Sparta III” kemasiga ortilgan, u esa harbiy yuk bilan Novorossiyskka yetib borgan.

Germaniya nashri ta’kidlashicha, ularning qo‘liga kelib tushgan suratda Eronning Xmeymimdagi samolyoti aks etgan. Surat qachon olingani ko‘rsatilmagan.

Gazeta Rossiya va Eron BMT Xavfsizlik kengashining 2015-yil iyunida qabul qilingan 2231-rezolyutsiyasini buzganini da’vo qilmoqda. Rezolyutsiya Eron yadro muammosini hal qilish bo‘yicha Birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasini kuchga kiritadi.

Welt, shuningdek, avgustda Tehronga Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin borib kelganini ham tilga oldi, u Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon bilan mamlakatlar o‘rtasidagi “harbiy texnologik hamkorlikni mustahkamlash haqida dastlabki bitim”ni imzolagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют