» » “Birinchi kanal” Dmitriy Borisov ishtirokidagi “Pust govoryat” ko‘rsatuvi anonsini chiqardi (video)

“Birinchi kanal” Dmitriy Borisov ishtirokidagi “Pust govoryat” ko‘rsatuvi anonsini chiqardi (video)


“Birinchi kanal” “Pust govoryat” dasturining boshlovchi Dmitriy Borisov ishtirokidagi soni anonsini chiqardi, deb yozadi Afisha Daily. Borisov tomoshabinlar qarshisida kim sifatida namoyon bo‘lishi aytilmayapti. Ko‘rsatuv dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:50 da efirga chiqadi.

Avvalroq Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi eng mashhur shoulardan biri — “Pust govoryat” dasturi jamoasi ishdan ketgani xabar berilgan edi. “RBK” ma’lumotlariga ko‘ra, Malaxov “Birinchi kanal”dan ketib, “Rossiya 1” telekanaliga o‘tadi. Bunday qarorga esa Konstantin Ernst taklif qilgan yangi prodyuser tufayli “Pust govoryat” jamoasi ichida nizo kelib chiqqani sabab bo‘lgan.

Malaxovning rafiqasi Natalya Shkuleva rahbarlik qiladigan Elle jurnali esa boshlovchini dekret ta’tiliga chiqarishmagani uchun, u “Birinchi kanal”dan ketayotgani haqida yozdi. Boshlovchi farzandi tug‘ilganidan keyin uni parvarish qilish uchun ta’tilga chiqish istagini bildirganida tok-shou prodyuseri ko‘rsatuv bolalar bog‘chasi emasligini, yo boshlovchilik, yo enagalikni tanlashi kerakligini aytgan. Shundan so‘ng go‘yoki, Malaxov ishdan bo‘shash haqida ariza bergan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют