» » Rossiya TIV Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini chiqarishga da’vat etdi

Rossiya TIV Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini chiqarishga da’vat etdi


Amerika armiyasining Afg‘onistondagi harbiy kampaniyasi natijasiz bo‘lib chiqdi va AQSh harbiylari mamlakatni tark etishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Osiyo mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Kabulov ta’kidlashicha, Rossiya “hech qachon Afg‘onistondan AQSh qo‘shini chiqarib ketilishini shoshiltirmagan”. Ammo yuzaga kelgan sharoitda qo‘shinlarning Afg‘onistondan chiqarilishi eng yaxshi qaror bo‘lgan bo‘lardi. “AQSh armiyasi hech narsani yaxshilab qila olmasa, Afg‘onistondan ketsin. Amerikaning Afg‘onistondagi kampaniyasi chippakka chiqdi”, — dedi u.

Kabulov aniqlik kiritishicha, nizo davom etadigan bo‘lsa, Afg‘oniston global terroristik tahdid manbasiga aylanishi mumkin. Shuningdek, u xususiy harbiy kompaniyalarning Afg‘onistondagi jangovar harakatlarga jalb etilishi ehtimolini qoraladi.

Nashr eslatishicha, 9-avgust kuni AQSh hukumati Afg‘onistondagi yangi harbiy strategiya ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Vashington xususiy harbiy kompaniyalarning harbiy harakatlardagi ishtirokini kengaytirishi va ularga qator vakolatlarni berishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют