» » Liviyada mamlakat sobiq bosh vaziri o‘g‘irlab ketildi

Liviyada mamlakat sobiq bosh vaziri o‘g‘irlab ketildi


2012—2014-yillarda Liviya bosh vaziri lavozimini egallagan Ali Zeydan 14-avgust, dushanbaga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Al Arabiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Telekanalga ko‘ra, qurolli kishilar guruhi shahar markazidagi mehmonxonaga bostirib kirib, siyosatchini qo‘lga olgan va noma’lum tarafga olib ketgan.

Afrigate News portali sobiq bosh vazirni “Tripoli inqilobchilari brigadalari” vakillari o‘g‘irlab ketganini bildirmoqda. Mazkur tuzilma prezident kengashi va Faiz Saraj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumatiga bo‘ysunadi.

Ma’lumot uchun, Zeydan 2013-yilda ham o‘g‘irlab ketilgan va hodisadan bir necha soat o‘tib, qo‘yib yuborilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют