» » Oqsilli muzqaymoq: sog‘lom ovqatlanish sohasida yangi yo‘nalish

Oqsilli muzqaymoq: sog‘lom ovqatlanish sohasida yangi yo‘nalish


Taomning yuqori kaloriyaga ega ekanligi — chiroyli va o‘ziga tortuvchi qomatni shakllantirishda asosiy dushmandir. Har birimiz uchun yoz faslining asosiy shirinligi bo‘lgan oddiy muzqaymoq, juda ko‘p o‘simlik yog‘iga ega. Shu sababli, chanqoqni muzqaymoq bilan bosish va jazirama issiqda uning yordamida badanni sovutish, ba’zida bizning organizmimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Parhezchilar bir ovozdan muzqaymoqning standart porsiyasi — haqiqiy kaloriya bombasi ekanligini uqtirib kelishadi. Bu shirinlikdagi kaloriya miqdorining yuqori ekanligi, nafaqat undagi sut miqdori, balki shakar miqdori bilan ham o‘lchanadi. Shu sababli ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lishni istaganlarga, ularning tarkibidagi shakar ko‘pligi tufayli sutli muzqaymoq ham, mevali muzqaymoq ham tavsiya etilmaydi.


O‘zingizga mazali rohatlanishni taqiqlamaslik, shu bilan bir vaqtda ortiqcha kilogrammlarni yig‘maslikda sizga oqsilli fitnes-muzqaymoq yordam beradi. O‘zining turli yog‘larsiz va shakarsiz tarkibi tufayli, ushbu muzqaymoq sportchilarga ham, sog‘lig‘i shakar va yog‘ iste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaydigan insonlarga ham to‘g‘ri keladi. Uni qandli diabet kasalligida, shirinlik va yog‘larni individual tarzda hazm qila olmaslik holatlarida tanovvul qilish mumkin.


Bir vaqtning o‘zida muzqaymoqning bunday tarkibi, uning ta’m sifatida hech qanday o‘zgarishga olib kelmagan. U mazali, jazirama kunda chanqoqni ajoyib tarzda bosadi va turli mazalarda taklif etiladi. Ortiqcha kaloriyalar bilan bog‘liq muammolarni va har bir iste’mol qilingan porsiyadan keyin kaloriyalarni sanash odatini unutishingiz mumkin.

Bundan tashqari, o‘zining oqsilli tarkibi tufayli fitnes-muzqaymoq oshqozon ishini normallashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va organizmni tashqi faktorlarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Bu sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan mazali va foydali desert, albatta kattalarga ham bolalarga ham birdek yoqadi!

Reklama huquqi asosida!

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют