» » Curiosity Mars ustidan uchib o‘tayotgan bulutlarni suratga oldi

Curiosity Mars ustidan uchib o‘tayotgan bulutlarni suratga oldi


NASA Mars uzra suzayotgan bulutlarning Curiosity marsoxodi olgan tasvirlarini e’lon qildi, deb xabar berdi “Daily Afisha”.

Suratlar joriy yilning 17-iyul tongida olingan. Olimlar suratlarni bir-biriga ulab, gif-tasvirlar tayyorlagan.

Ularning birinchisida Mars yuzasidan suzib o‘tayotgan bulutlarni ko‘rish mumkin. Curiosity’ning kamerasi suratga olish vaqtida vertikal tarzda yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lgan.

Ikkinchi gif-tasvirdagi suratlarni olayotganida marsoxod o‘z kamerasini tushirib, uni sayyoraning janubiy ufqi tomon yo‘naltirgan.

Olimlarning hisoblashicha, Mars bulutlari muz kristallaridan tashkil topgan va ular atmosferaning sovuq qatlamida hosil bo‘ladi. Yerga nisbatan olganda ular juda balandda paydo bo‘ladi, Mars sharoitida esa ularning balandligini hozircha o‘lchash imkoni bo‘lmagan.

Mavzuga doir: Curiosity’ning Marsdagi besh yili

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют