» » Bitkoin narxi ilk bor 4 ming dollardan oshdi

Bitkoin narxi ilk bor 4 ming dollardan oshdi


Bitkoinning dollardagi narxi bilan bog‘liq navbatdagi rekord qayd etildi. Bu haqda Insider Pro xabar bermoqda.

48 soat davomida asosiy kriptovalyuta narxi 600 dollarga ko‘tarilib, 4100 dollarga yetdi. 12-avgust, shanba kuni bitkoin o‘z tarixida ilk bor 4 ming dollar bosqichidan o‘tdi. Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitallashuvi esa 137,36 milliard dollarni tashkil etdi.

Bitkoin narxi o‘sishiga mazkur kriptovalyutaga investorlar ishonchi ortishi, shuningdek, SegWit protokolining bo‘lajak aktivatsiyasi sabab sifatida keltirilmoqda.

Shuningdek, bitkoinga Yaponiya bozorida qiziqish ortib borayotgani ham bunga turtki bo‘ldi: kriptovalyuta bilan bog‘liq kelishuvlarning asosiy hajmi yapon iyenasiga to‘g‘ri keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют