» » Qumqo‘rg‘on tumani hokimi almashdi

Qumqo‘rg‘on tumani hokimi almashdi


Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Tadbirda asosiy e’tibor xalq bilan muloqot qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari tahliliga qaratilib, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Tumanda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli qoniqarli emasligi, insonlarni qiynayotgan muammo va masalalar yechimini topishga panja ortidan qaralgani, aholi bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash borasidagi kamchiliklar, suv muammosi, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, kommunikatsiya tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, ushbu mas’uliyatli va dolzarb masalalarga tuman hokimi Shahriddin Suvonov bee’tibor qarab, ishlarni tizimli tashkil eta olmagani bois egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qumqo‘rg‘on tumani faollari, keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, sessiyada Normo‘min Omonovich Choriyev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 23:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют