» » Moskvada teraktlar tayyorlashda ayblanib ushlangan uch terrorchi tojikistonlik ekani ma’lum bo‘ldi

Moskvada teraktlar tayyorlashda ayblanib ushlangan uch terrorchi tojikistonlik ekani ma’lum bo‘ldi


Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan Moskvada teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanib ushlangan uch nafar O‘rta Osiyo vakili Tojikiston fuqarolari ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ilgariroq to‘rt ekstremist ushlangani bildirilgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, terakt tayyorlashda ikki xudkush, portlovchi uskunalar yasovchi mutaxassis va IShID terrorchi guruhi emissari ishtirok etgan.

Hibsga olinganlarning biri Rossiya fuqarosi, uch nafari esa O‘rta Osiyo vakili ekanligi aytilgan edi. Endilikda ularning Tojikiston fuqarolari ekani ma’lum.

Davlatyor Hojiyev, Siyovush Davronzoda va Sulaymon Burxonov Moskva sudi tomonidan 11-oktabrga qadar qamoqda saqlash chorasiga hukm etildi. Davronzoda va Burxonov aybini tan oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют