» » Jizzaxda ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi

Jizzaxda ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi


O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan muruvvat tadbirlarida imkoniyati cheklangan fuqarolarning bir guruhiga Prezident sovg‘asi — zamonaviy uylar berilmoqda. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Jumladan, Jizzaxda ehtiyojmand oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga Prezident sovg‘asi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sharof Rashidov tumanidagi Uchtepa massivida 24 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli yangilangan loyiha asosida zamonaviy uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu uyning har biri 2–3 xonadan iborat olti xonadoni ehtiyojmand fuqarolarga berildi.

Yangi uylardan biri tumanning Qo‘shko‘prik mahallasida akalari bilan tor hovlida yashab kelayotgan Jasur Rashidovga berildi. O‘zi ham, turmush o‘rtog‘i ham nogiron bo‘lgani bois alohida uy-joy qilib chiqib ketish imkonini qilolmayotgan edi. Xalq qabulxonasi tavsiyasi bilan uning murojaati ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi va yangi uydagi 3 xonali xonadonlardan biri unga ajratildi.

Uchrashuvda 28 nogironga imtiyozli kredit asosida uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi sertifikat topshirildi. Ehtiyojmand fuqarolardan 46 nafariga kattalar, 15 nafariga bolalar nogironlik aravachasi, 17 nafariga eshitish moslamasi va boshqa vositalar topshirildi.

Shu kuni Zomin tumanidagi Muruvvat uyida istiqomat qiluvchilar bilan uchrashuv va bayram tadbiri o‘tkazildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 01:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют