» » iPhone 8 ning yakuniy dizayni ma’lum bo‘ldi

iPhone 8 ning yakuniy dizayni ma’lum bo‘ldi


iPhone 8 ning yangi suratlari paydo bo‘ldi. Bu mavjud bo‘lganlar ichida eng batafsil namuna hisoblanadi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

“Tasdiqlashim mumkinki, bu iPhone 8 ning yakuniy dizayni. Oddiy metal bo‘lagiga o‘xshash ko‘plab maketlardan farqli ravishda, bu namuna juda yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan”, — deydi Forbes muxbiri Gordon Kelli.

Smartfonning orqa qopqog‘i simsiz quvvatlash imkonini berish uchun oynadan ishlangan. Shuningdek, iPhone 8 smartfoni 5,8 dyumli ramkasiz ekranga ega. Displeyning yuqori qismida datchik va ovoz chiqaruvchi dinamik joylashgan. Uning gabaritlari 4,7 dyumli displeyga ega iPhone 7 dan kattaroq.

Muxbirning qayd etishicha, Apple barmoq izini oluvchi Touch ID skaneriga ega Home tugmasidan voz kechmoqchi. Uning o‘rniga yuzni skanerlovchi Face ID keladi.

iPhone 8 Apple’ning har yili bo‘ladigan taqdimotida — 2017-yilning kuzida namoyish etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 02:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют