» » WP: Trampning maslahatchisi 2016-yilda Putin bilan uchrashuv uyushtirishni taklif qilgan

WP: Trampning maslahatchisi 2016-yilda Putin bilan uchrashuv uyushtirishni taklif qilgan


AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Jorj Papadopulos 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi boshidayoq milliarderga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv uyushtirishni taklif qilgan, deb yozadi “Gazeta.ru” The Washington Post‘ga tayanib.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp saylovoldi shtabining turli darajadagi vakillari deyarli har hafta “ruslarning u bilan uchrashuv uyushtirish bo‘yicha harakatlari”ni muhokama qilgan.

Xususan, Papadopulos 2016-yil martidan Trampning Putin bilan uchrashuvini tashkillashtirishga aloqador bir nechta elektron xat yozgan.

Ta’kidlashicha, uchrashuv amalga oshmagan, chunki Tramp saylovoldi jamoasining bir qator yuqori lavozimli mansabdorlari bunga qarshi bo‘lgan.

Tramp va Putinning birinchi va hozircha yagona uchrashuvi iyul oyida Gamburgdagi G20 sammitida bo‘lib o‘tgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют