» » Bill Geyts 17 yil ichidagi eng yirik — 4,6 mlrd dollarlik xayriyani amalga oshirdi

Bill Geyts 17 yil ichidagi eng yirik — 4,6 mlrd dollarlik xayriyani amalga oshirdi


Microsoft kompaniyasi asoschisi va dunyoning eng badavlat kishisi Bill Geyts 2000-yildan buyon eng yirik xayriyani amalga oshirdi, deb yozadi “TASS” AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga tayanib.

61 yoshli milliarder o‘z kompaniyasining 4,6 milliard dollarlik aksiyalarini 6-iyundayoq xayriya qilgan edi. Ularni qaysi tashkilot qabul qilib olgani ma’lum qilinmayapti.

Bloomberg ta’kidlashicha, filantrop odatda eng katta xayriyalarni o‘zi va rafiqasiga tegishli Bill & Melinda Gates Foundation jamg‘armasiga beradi.

Geyts xayriya faoliyatiga kiritgan eng yirik summa 16 milliard dollar bo‘lgan va u 1999-yilda amalga oshirilgan, bir yil o‘tib esa 5,1 milliard dollar xayriya qilgan. 1994-yildan buyon xayriya uchun ajratgan mablag‘lari esa qariyb 35 milliard dollarni tashkil etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют