» » Nyu-Yorkda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosini politsiya va ko‘ngillilar qidirmoqda

Nyu-Yorkda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosini politsiya va ko‘ngillilar qidirmoqda


Nyu-Yorkda 3-avgust kuni AQShga o‘z qarindoshlarini ko‘rgani borgan o‘zbekistonlik erkak bedarak yo‘qoldi, deb yozadi “1news.uz”.

1958-yilda tug‘ilgan Ahmedov Sobirjon Ogayo shtatida istiqomat qiladigan qarindoshlarinikiga borish uchun Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan. Ahmedovning qizi iltimosi bilan aerportda uni taksichi kutib olib, Chayna-Taundagi avtobus bekatiga olib borgan, u yerdan erkak avtobusda Ogayo shtatiga yetib olishi kerak edi.

Ahmedov bekatda chipta sotib olgach, taksichi ketgan, u esa bekatda Ogayoga otlangan yana bir o‘zbekistonlik bilan birga qolgan. Ammo biroz vaqtdan so‘ng Ahmedov Sobir aylanib kelish uchun avtobus bekatidan Kanal-stritga qarab yo‘l olgan va qaytib kelmagan.

Bu haqda Ogayoga otlangan o‘zbekistonlik erkak xabar bergan.

Forum Daily ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmedov Sobir Nyu-Yorkda rasman qidiruvga berilgan, politsiya uni qidirishda davom etmoqda.

Yaqinda o‘zbekistonliklardan iborat bir guruh ko‘ngillilar Ahmedov yo‘qolgan joyni yaxshiroq o‘rganish maqsadida Chayna-Taunga bordi; ular shuningdek uning yo‘qolgani haqidagi e’lonlarni osib chiqdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют