» » Pentagon: Iroqda ikki amerikalik harbiy xatolik bilan o‘t ochilishi tufayli halok bo‘ldi

Pentagon: Iroqda ikki amerikalik harbiy xatolik bilan o‘t ochilishi tufayli halok bo‘ldi


AQSh mudofaa vazirligi Iroqdagi ikki amerikalik harbiy xizmatchi artilleriyadan xatolik bilan o‘q uzilishi natijasida halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Pentagon rasmiy vakili Robert Menningga tayanib.

“Artilleriya qurilmasi IShID tomonidan minomyotdan o‘q yog‘dirilishiga javoban o‘t ochayotgan edi. Shu lahzada xatolik yuzaga keldi, yetti kishi jabrlandi”, — dedi u.

Ammo Pentagondagilar xatolikka nima sabab bo‘lganini ma’lum qilmadi.

Shuningdek, Amerika harbiy muassasasi bayonotida aytilishicha, bruklinlik (Nyu-York shtati) serjant Rosheyn Bruks va Arlington (Texas shtati)dan serjant Kichik Allen Stigler halok bo‘lgan. Ikkala harbiy ham parashyutchilarning 82-havo-desant diviziyasi a’zolari bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют