» » Britaniyalik biznesmen yanglishib, Londonga emas, Las-Vegasga uchib ketdi

Britaniyalik biznesmen yanglishib, Londonga emas, Las-Vegasga uchib ketdi


Britaniyalik biznesmen Semyuel Yankovski yanglishib, Londonga emas, Las-Vegasga uchib ketdi, deb yozadi Daily Mail.

29 yoshli erkak Kyolndagi biznes-uchrashuvdan so‘ng o‘z vataniga — Londonga qaytib ketishi kerak edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Eurowings loukosteri reysi bilan uchib ketishidan oldin, aviakompaniya xodimlari uning samolyotga chiqish talonini uch marta tekshirgan.

Shundan so‘ng Yankovskiy samolyotga o‘tirib, uxlab qolgan. Biroz vaqtdan so‘ng uyg‘onib, layner salonidagi yo‘nalishni aks ettiruvchi ekranda samolyot AQShga uchayotganini ko‘rgan.

Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, AQShga yetib kelgach, immigratsiya xizmati xodimlari uni tintuv qilgan va qo‘lga olish bilan tahdid qilgan.

Keyinroq britaniyalik Eurowings reysi bilan Kyolnga qaytib kelgan, loukoster uni Londonga olib ketishdan bosh tortgan. Erkak poyezdda va avtobusda Shtutgartgacha borib, u yerdan Londonga uchib ketishiga to‘g‘ri kelgan.

Yankovski yo‘lga uch kun sarfladi, qo‘shimcha xarajatlari esa 878 yevro bo‘ldi.

Eurowings hodisa Germaniya aeroporti xodimining xatosi bilan yuz berganini aytdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют