» » Yaponiya bosh vaziri AQSh prezidenti bilan telefon orqali muzokara olib bordi

Yaponiya bosh vaziri AQSh prezidenti bilan telefon orqali muzokara olib bordi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hamda AQSh prezidenti Donald Tramp 15-avgust, seshanba kuni telefon orqali o‘zaro muloqot qildi. Taxminlarga ko‘ra, ular KXDRdagi vaziyatni muhokama qilishgan. Bu haqda Kyodo agentligi hukumatdagi manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Muzokara tafsilotlari ma’lum qilinmadi. Abe hamda Tramp so‘nggi marta 31-iyul kuni, KXDR navbatdagi raketa parvozini amalga oshirganidan so‘ng telefon orqali suhbatlashigan edi.

Ayni vaqtda KXDRning yadroviy raketa dasturi atrofidagi vaziyat birmuncha tarang holda bo‘lib, Pxenyan va Vashington tomonidan keskin qarorlar qabul qilinishiga olib kelmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, KXDR qarshi hujumni namoyish etish maqsadida Guam oroliga to‘rtta raketa uchirish rejasini o‘z harbiy qo‘mondonlari bilan muhokama qilgan. Ushbu raketalar Yaponiya havo maydoni orqali uchib o‘tishi kerak.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют