» » Baykalda sayyoh yashin urishidan halok bo‘ldi

Baykalda sayyoh yashin urishidan halok bo‘ldi


Rossiyadagi Baykal ko‘li qirg‘og‘ida hordiq chiqarish vaqtida 20 yoshli sayyoh yashin urishi natijasida halok bo‘ldi, deb yozadi National Geographic.

Hodisa 14-avgust kuni Baykalning Olxon orolidagi Saray plyaji hududida yuz bergan.

Baykalga ta’tilni o‘tkazish uchun Yefremov shahridan kelgan yigit momaqaldiroq vaqtida yomg‘ir o‘tib ketishini daraxt tagida kutib turishga qaror qilgan, bu esa katta xato bo‘lgan: u yerga shu zahoti yashin borib urgan, deyiladi xabarda.

Shifokorlar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borganiga qaramay, yigitning hayotini saqlab qolisholmagan.

Nashr ta’kidlashicha, yashin chaqnayotgan paytda suv ichida va suv yaqinida turish, cho‘milish va baliq tutish mumkin emas. Qirg‘oqdan iloji boricha uzoqroq ketish kerak. Ochiq dalada, shuningdek, birorta kichik inshoot yoki daraxt panasida turish ham mumkin emas. Katta hajmli metall konstruksiyalarni yoki metall romli konstruksiyalarni tanlash kerak: ular yashinqaytargich bo‘lib xizmat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют