» » Surxondaryoda yo‘llar ta’mirlanib, yangi ko‘prik qurilmoqda

Surxondaryoda yo‘llar ta’mirlanib, yangi ko‘prik qurilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-fevraldagi “2017—2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nafaqat mintaqaviy, balki umumiy foydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va tubdan ta’mirlashning 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan yangilangan dasturi ham tasdiqlangan, deb yozadi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi rasmiy sayti.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan ayni kunda Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yo‘llari ham qayta qurilib, joriy ta’mirdan chiqarilmoqda.

Jumladan, viloyatdagi 4R-105 “Darband q. – Boysun sh. – Elbayon q.” avtomobil yo‘lining texnik holatini yaxshilash hamda yo‘l qoplamasini tiklash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Yo‘lning 65—70-kilometrlari oralig‘ida qum va shag‘al aralashmasidan asos yoqizildi.

Bundan tashqari, viloyatdagi anchadan beri ta’mirtalab bo‘lib kelgan 4R-100 “Manguzar q. – Jarqo‘rg‘on sh. – Bandixon q. – Oltinsoy q. – Denov sh.?” avtomobil yo‘lining 126—137-kilometrlari oralig‘ida to‘lqinsimon bo‘rtmalar bartaraf etildi, 22 km uzunlikdagi yo‘l yoqasi tekislandi. Yo‘lning 126—137-kilometrlari hamda 140—141-km oralig‘idagi qismida joriy ta’mir ishlari bajarildi.

Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining 134-kilometr qismida 3 dona oraliq qurilmali, 42 pogon-metr  uzunlikdagi yangi ko‘prik qurish ishlari davom etayotgan bo‘lib, mazkur yangi ko‘prik joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. Inshootning umumiy qiymati 3 milliard 212,6 million so‘mni tashkil etadi.

Viloyatdagi yo‘l qurilish va ta’mir ishlari bugungi kunda ham dastur bo‘yicha davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют