» » Ukrainalik jarrohlar bir operatsiyada uch texnologiyadan foydalandi

Ukrainalik jarrohlar bir operatsiyada uch texnologiyadan foydalandi


Kiyevdagi Romodanov nomli neyrojarrohlik instituti shifokorlari bosh miya o‘simtasini olib tashlash bo‘yicha murakkab operatsiyani o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Bir operatsiyada biryo‘la uch texnologiya — endoskopiya, kompyuter navigatsiyasi va lazer aralashuvidan foydalanildi. Shu paytga qadar bunga hech kim qo‘l urmagandi.

Bemor bosh og‘rig‘i va qo‘l-oyoq harakatlaridagi qiyinchiliklardan nolirdi. O‘simta asab tolalariga bosim o‘tkazgani sababli u istalgan payt falaj bo‘lib qolishi mumkin edi. Operatsiyaning asosiy murakkabligi ham shundan iborat bo‘ldi.

Biroq natija kutilganidan a’lo bo‘ldi. Operatsiya davomida deyarli qon yo‘qotilmaganligi sababli bemor jarrohlik amaliyotidan so‘ng odatdagidek jonlantirish bo‘limiga emas, umumiy palataga o‘tkazildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют