» » Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etildi

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

O‘quv yurti O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida ochiladi. Akademiya va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institutning ta’sischilari hisoblanadi.

Muassasa faoliyati yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda tahliliy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan.

Davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, jamoatchilik tashkilotlari istiqbolli yosh kadrlarini qayta tayyorlash muddati 4 oygacha bo‘lgan dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi va yakunda tegishli diplom taqdim etiladi. Malaka oshirish kurslari esa bir oygacha davom etadi va o‘rnatilgan namunadagi sertifikat beriladi.

Tinglovchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.

Nomzod 30 yoshgacha, oliy ma’lumotli va kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi talab etiladi. Tanlov suhbat va test sinovi asosida o‘tkaziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют