» » 5 juft zirak, 3 dona uzukni jamadoni ichiga yashirib aeroportdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

5 juft zirak, 3 dona uzukni jamadoni ichiga yashirib aeroportdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar o‘zlari bilan olib o‘tayotgan har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilishlari shart. “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari mazkur tartiblarni buzishga uringan shaxsni fosh qildi, deb xabar berdi kompleks matbuot xizmati.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Bokudan uchib kelgan fuqaro G. Kazakova bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda u bojxonachilarni chalg‘itishga urinib, 5 juft zirak, 3 dona uzuk va boshqa zargarlik buyumlarini jamadonidagi kiyimlarining ichki astariga qadab qo‘ygancha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan ushbu tilla taqinchoqlarning umumiy og‘irligi 52 grammni tashkil qildi.

Ta’kidlash joizki, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 2017-yilning o‘tgan 7 oyi davomida aniqlangan 89 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 1,3 milliard so‘mdan ortiq salkam 20 kilogramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metalldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют