» » Qashqadaryoda yuz bergan yong‘inda ZIL avtomobili temir-tersakka aylandi (foto)

Qashqadaryoda yuz bergan yong‘inda ZIL avtomobili temir-tersakka aylandi (foto)


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Qarshi shahrida yuz bergan yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Rasmiy ma’lumot “O‘zbekiston 24” tomonidan e’lon qilindi.

Mavzuga doir: Video: Qashqadaryo viloyatida gaz tashuvchi yuk mashina portladi

YoXB ma’lumotiga ko‘ra, Qarshi—Beshkent yo‘lida “O‘ztransgaz” AKga qarashli avtoturargohdagi gaz tashish avtomobilida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli mashina portlab ketgan.

2017-yilning 15-avgust kuni soat 00:15 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Qarshi—Beshkent yo‘lining  beshinchi kilometrida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida viloyat yong‘in xavfsizligi xizmatining 101 raqamiga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 00:21 da yetib borib, soat 00:48 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in “O‘zbekneftgaz” milliy holding kompaniyasi “O‘ztransgaz” AK “Janubgaz ta’minot” UKga qarashli avtoturargohda suyultirilgan (propan) gaz tashishga mo‘ljallangan MAN rusumli avtomobildan “ZIL-441510” rusumli avtomobilga gazni o‘tkazayotgan vaqtida gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan. “ZIL-441510” rusumli avtomobil yonib zararlangan hamda uning haydovchisi kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

O‘zbekiston IIV YoXB bayonoti

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют