» » Yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Kengashi tungi klub va barlarda reyd o‘tkazdi

Yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Kengashi tungi klub va barlarda reyd o‘tkazdi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi yoshlarning kechgi paytda asosiy vaqtini nimalarga sarflayotganligini aniqlash maqsadida tungi reydlarni o‘tkazdi. Bu haqda ittifoqning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Viloyatning Yuqori Chirchiq, Zangiota hamda Bo‘stonliq tumanlarida o‘tkazilgan reydlar natijasiga ko‘ra ayrim yoshlar kechki vaqtini asosan internet klublarida, turli jangari o‘yinlar o‘ynab, behayo filmlarni tomosha qilayotganligi, chilim chekayotganligi aniqlandi.

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanida 11-avgust kech soat 20:00 dan 12-avgust kuni soat 04:00 gacha O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman Kengashi faol yoshlari hamda ichki ishlar bilan hamkorlikda tungi reyd amalga oshirildi.

Tuman hududida joylashgan 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining voyaga yetmagan 9-sinf bitiruvchilari 2002-yilda tug‘ilgan Nurbek Ergashboyev, 2002-yilda tug‘ilgan Erbolat Anorboyev hamda 2001-yilda tug‘ilgan Qurbon Begmatov 12-avgust kuni soat 01:30 da ota-onasi yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz tuman hududidagi internet kafeda o‘yin o‘ynab o‘tirganligi aniqlandi. Ularning ota-onalari chaqirtirildi.

Ota-onalarga farzand oldidagi majburiyatlari, javobgarligi tushuntirib o‘tildi.

Reyd davomida tungi soat 02:50 da Toshkent—Olmaliq markaziy yo‘lida 1990-yilda tug‘ilgan Alisher Azimboyevga tegishli avtoulov eshiklari ochiq, qarovsiz holda tashlab ketilganligi ma’lum bo‘ldi.

Avtoulovning egasiga xabar berilganda, Alisher Azimboyev avtoulovi olib qochilganligi, bu haqda tezkor qidiruv xodimlariga xabar berganligi ma’lum bo‘ldi.

Avtoulov egasi voqea joyiga yetib keldi. Oradan bir oz vaqt o‘tib, avtoulovni olib qochgan kimsa tuman tezkor jinoiy qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib kelindi. Avtoulovni olib qochgan shaxs Alisherning o‘rtog‘i ekanligi aniqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют