» » Ekspert 50 ming so‘mlik kupyura haqida: Asosiy vazifamiz — so‘mga jamg‘arish funksiyasini qaytarish

Ekspert 50 ming so‘mlik kupyura haqida: Asosiy vazifamiz — so‘mga jamg‘arish funksiyasini qaytarish


Markaziy bank 22-avgustdan 50 ming so‘mlik yangi banknota muomalaga kiritilishini ma’lum qilgan edi. Shu munosabat bilan Uz24 moliyachi Aleksandr Davletovdan blis-intervyu oldi.

— Nega 20 minglik yoki 100 minglik emas, aynan 50 ming so‘mlik pul birligi chiqarildi?

— Aholining hisob-kitoblarini jadallashtirish va optimallashtirish uchun. 50 ming so‘mlik kupyura matematik parametrga ko‘ra 20 minglikdan nisbatan qulaydir. Bu yerda asosiy vazifa shuki, so‘mga jamg‘arish funksiyasini qaytarishdir. Ya’ni odamlar nihoyat so‘mda mablag‘ jamg‘arishlari mumkin.

— Yangi kupyurani joriy etishning qanday afzalliklari bor?

— Bevosita hech qanday afzalligi yo‘q, faqat bilvosita. Masalan, savdo subyektlarining tranzaksiyaviy xarajatlari, pullik xizmatlari va banklar kamayadi.

— Oziq-ovqat va iste’mol bozori mahsulotlari hamda xizmatlar qimmatlashishi mumkinmi?

— Yo‘q, qimmatlashmaydi. Yangi yirik nominaldagi kupyura pul emissiyasini bildirmaydi, 10 ming va 5 ming so‘mlik kupyura o‘rnini 50 ming so‘mlik egallaydi, xolos. Pul miqdori o‘zgarmaydi.

— Bu banklarda naqd pul muomalasiga qanday ta’sir o‘tkazadi? Oylik maoshlarning plastik kartaga o‘tkazilishida olinadigan foizlarni kamayishiga yordam beradimi?

— Bevosita ta’sir etmaydi. Kartochkaga o‘tkazishdagi foizlar bosqichma-bosqich ixtiyoriy bo‘ladi. 5 minglik va 50 minglik kupyura bu jarayon uchun hech qanday ahamiyatga ega emas.

— Yangi kupyura chiqishi “qora” bozordagi dollar kursiga ham ta’sir o‘tkazmaydimi?

— Yo‘q, ta’sir o‘tkazmaydi. Dollar kursi “qora” bozorda kupyura ko‘lamini emas, balki butunlay boshqa faktorlarni aniqlaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют