» » Pokistondagi teraktlarda chegara korpusining yetti xizmatchisi halok bo‘ldi

Pokistondagi teraktlarda chegara korpusining yetti xizmatchisi halok bo‘ldi


Pokistonning Belujiston viloyatida amalga oshirilgan ikki terakt oqibatida chegara korpusining yetti harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Pokistonning ikki viloyati — Belujiston va Xaybar-Paxtunxvada chegara nazoratini hamda xavfsizlikni ta’minlovchi harbiylashgan guruh xizmatchilariga hujum 14-avgust kuni — Pokiston Britaniya imperiyasidan ajralib chiqishining 70 yilligini nishonlayotgan paytda ro‘y berdi.

Noma’lum shaxslar Kvettadan 150 kilometr naridagi Xost aholi yashash punktida harbiy xizmatchilar ketayotgan avtomobilni portlatib yubordi.

“Chegara korpusining olti xizmatchisi voqea joyida halok bo‘ldi”, — ma’lum qildi Belujiston ma’muriyati vakili Anvar ul-Haq Qaqar.

Yana ikki harbiy xizmatchi jarohat oldi.

Ikkinchi hujum Panjgur tumanida ro‘y berdi. Noma’lum shaxs chegara korpusi patruliga qarata o‘t ochdi. Bir harbiy halok bo‘ldi, yana biri yaralandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют