» » O‘zbekiston Afg‘onistonga maxsus texnika yetkazib beradi

O‘zbekiston Afg‘onistonga maxsus texnika yetkazib beradi


Belarusning “Amkodor” kompaniyasi Afg‘oniston bozoriga chiqish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniyaning MDH mamlakatlari va uzoq xorijga sotish boshqarmasi boshlig‘i Leonid Pinchuk korxonaga Afg‘oniston ijroiya hokimiyati  rahbari Abdulla Abdullaning tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “Belta.by”.

““Amkodor”ning Afg‘oniston hududida savdo vakillari yo‘q, ammo biz bu masalani hal qilish jarayonidamiz. Bu yil qo‘shni Tojikistonda dilerimiz paydo bo‘ldi. Afg‘oniston bozoriga kirishning bir nechta variantlari ko‘rib chiqilmoqda, shu jumladan, Tojikistondagi diler orqali yoki O‘zbekistondagi yig‘ish korxonasi texnikasini sotish orqali”,  — dedi Leonid Pinchuk.

Toshkentdagi yig‘ish korxonasida ayni paytda “Amkodor”ning beshta modeldagi texnikasi ishlab chiqariladi. Boshqarma boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, bu korxona O‘rta Osiyo mamlakatlari — Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Pokiston kabilar talablarini qondirish uchun yaratilgan. “Logistika nuqtai nazaridan, texnikani O‘zbekistonda ishlab chiqarish va qo‘shni mamlakatlarga sotish arzonroqqa tushadi. Chunki texnika mashina komplektlari ko‘rinishida yetkazib beriladi, soliq preferensiyalari ko‘zda tutilgan”, — dedi u.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют