» » Obamaning tviti Twitter tarixidagi eng ommabopiga aylandi

Obamaning tviti Twitter tarixidagi eng ommabopiga aylandi


AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Sharlotsvilldagi to‘qnashuvlardan keyin yozgan tvit Twitter yaratilgan vaqtdan buyon eng ommabop tvit bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent” foydalanuvchilar faolligini kuzatib boruvchi favstar.fm sayti  ma’lumotlariga tayanib.

Nashr eslatishicha, Sharlotsvillda yuzlab irqchilar hukumatning quldorlik tuzumini saqlab qolishni yoqlab chiqqan Konfederatsiya qo‘shinlari generali Robert Edvard Li haykalini olib tashlash niyatiga qarshi norozilik belgisi sifatida miting o‘tkazdi. Marsh chog‘ida o‘ta o‘ng tashkilotlar tarafdorlari va ularning dushmanlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, bir ayol halok bo‘ldi.

Shundan keyin Obama Twitter’da Janubiy Afrika davlat va siyosat arbobi Nelson Mandeladan iqtibos keltirdi:

“Hech kim boshqa odamga nisbatan uning terisi rangi, kelib chiqishi yoki dini tufayli nafrat bilan tug‘ilmaydi. Odamlar nafratlanishni o‘rganishi kerak, agar ular nafratlanishni o‘rgana olsa, demak ularni sevishga ham o‘rgatish mumkin, chunki sevgi odam yuragi uchun uning aksidan ko‘ra, tabiiyroq tuyg‘udir — Nelson Mandela”, — deb yozdi sobiq prezident uchta tvitga bo‘lingan xabarida.

Yozuvning birinchi qismi 2,73 milliondan ortiq layk to‘pladi.

"No one is born hating another person because of the color of his skin or his background or his religion…" pic.twitter.com/InZ58zkoAm

— Barack Obama (@BarackObama) August 13, 2017

Bungacha eng ommabop tvit qo‘shiqchi Ariana Grandening 22-may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tgan teraktdan keyin yozgan tviti bo‘lgan edi, u 2,72 millionta layk to‘plagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют