» » Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yangi konni o‘zlashtirishga 420 mln dollar sarflaydi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yangi konni o‘zlashtirishga 420 mln dollar sarflaydi


Olmaliq kon-metallurgiya kombinati resurs bazasini kengaytirishga qo‘shimcha 420 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqdagi qarorni Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-avgust kuni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Mablag‘lar Toshkent viloyati Pskent tumanidagi “Yoshlik II” (avvalgi nomi — “Qizota”) konini o‘zlashtirishga sarflanadi.

Loyiha yiliga 2 million tonnagacha ruda qazib chiqariladigan va loyiha quvvatiga 2023-yilda erishadigan konni yer osti usulida ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, avtomobil yo‘llari, 35/6 kV elektr uzatish liniyalari, quyi stansiyalar, yuk ortish va yuk tushirish estakadalari, kompressor stansiyalar va muhandislik infratuzilmasining boshqa obyektlarini qurish rejalashtirilmoqda.

Loyihani O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondining 350 million dollarlik krediti, “Ipoteka bank” va “Asaka” bank kreditlari hamda OKMKning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют