» » Janubiy Koreya Xitoyga mamlakatda AQShning THAAD komplekslari joylashtirilishini muhokama etishni taklif qildi

Janubiy Koreya Xitoyga mamlakatda AQShning THAAD komplekslari joylashtirilishini muhokama etishni taklif qildi


Janubiy Koreya mamlakatda THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishi bo‘yicha AQSh va Xitoy ishtirokida uch tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazishni taklif etdi. Bu haqda Yonhap manbasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Prezident Mun Chje Inning Si Szinpin bilan shu yil iyul oyida Gamburgda, G20 sammiti doirasidagi uchrashuvida mazkur taklif bildirilgan. Xitoy rahbari taklifga o‘sha zahoti javob bermadi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati ushbu ma’lumotni izohlashdan bosh tortdi. “Prezident Munning boshqa davlat rahbarlari bilan muzokaralari tafsilotlarini muhokama etishni nomaqbul deb bilamiz”, deya ta’kidladi ma’muriyat vakili.

Ma’lumot uchun, Seul 2016-yil iyunida mamlakat hududida AQShning THAAD zenit-raketa komplekslarini joylashtirilish haqida qaror qabul qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют