» » O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


Ostona shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari hamda ayrim mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Delegatsiya vakillari Ostona shahrida O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini qurish ishlarini boshlashni tezlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov topshirig‘iga binoan Qayrat Abdraxmanovga 2017-yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha xalqaro konferensiyaga rasmiy taklifnoma topshirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют