» » Sherzod Shermatov: O‘zbekistonda mobil aloqa baza stansiyalaridan tarqaladigan nurlanishga jahondagi eng qattiq me’yorlardan biri o‘rnatilgan

Sherzod Shermatov: O‘zbekistonda mobil aloqa baza stansiyalaridan tarqaladigan nurlanishga jahondagi eng qattiq me’yorlardan biri o‘rnatilgan


O‘zbekistonda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 21,5 milliondan oshdi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Mobil aloqa sifatini yaxshilash qo‘shimcha baza stansiyalarini o‘natishni talab qiladi. Mamlakatda bugungi kunga kelib qariyb 18 700 ta baza stansiyalari o‘rnatilgan. Natijada 2017-yilda bu yo‘nalishdagi xizmat ko‘rsatish hajmi o‘tgan yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga solishtirganda 18,7 foizga oshdi.

Xalqaro press-klubda shu mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri vvazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov bu jarayonlar aholi tomonidan ikki xil qabul qilinayotganligini aytdi.

—Kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilsak, baza stansiyalari taratadigan nurlanishlardan xavfsirab, ularni aholi yashash joylaridan olib tashlashni talab qilayotganlar va aloqa sifatini yaxshilash maqsadida turar joylarga qo‘shimcha baza stansiyalarini o‘rnatishni so‘rayotganlar soni barobar bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda aytish kerakki, nurlanishlar ikki xil bo‘ladi  — ionlashuvchi va ionlashmaydigan. Radioaktiv modalardan taraluvchi radiatsiya — ionlashuvchi nurlanish. Baza stansiyalaridan taraluvchi elektrmagnit nurlanish esa, radiatsiya emas, butunlay boshqa turdagi to‘lqinlardir, — deb izoh berdi Sherzod Shermatov.

Bu borada O‘zbekistonda mobil aloqa baza stansiyalaridan nurlanishga o‘rnatilgan me’yorlar jahondagi eng qattiq me’yorlardan biri sanaladi.
Misol uchun, Isroilda bu ko‘rsatkich 400, AQSh va Skandinaviya davlatlarida 100, Rossiya, Qozog‘iston, Belorusda bir kvadrat santimetrga 10 mikrovattni tashkil qilsa, O‘zbekistonda baza stansiyalaridan taraluvchi elektrmagnit nurlanish 2,5 mikrovattdan oshmaydi.

Tadbirda qayd etilganidek, bugungi kunga qadar radiotexnika vositalaridan tarqalayotgan nurlarning sanitariya zararlari aniqlanmagan.

— Baza stansiyalarining zich joylashuvi maqsadga muvofiqdir,– deb bildirildi yig‘ilishda, — chunki mobil telefon va baza stansiyasi orasidagi masofa va to‘siqlar qanchalik kam bo‘lsa, mobil telefondan taralayotgan nurlanish quvvati shunchalik kamayadi.

Shuningdek, qo‘l telefoni tarqatadigan nurlanish ta’siri baza stansiyasinikidan ancha kuchli ekanligi ham ta’kidlab o‘tildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют