» » Useyn Bolt “Manchester Yunayted” safida “Barselona”ga qarshi to‘p tepadi

Useyn Bolt “Manchester Yunayted” safida “Barselona”ga qarshi to‘p tepadi


Yamaykalik sprinter, Olimpiya o‘yinlarining sakkiz karra chempioni Useyn Bolt “Manchester Yunayted” va “Barselona” futbol klublari faxriylari ishtirokidagi ko‘rgazmali o‘yinda qatnashadi. bu haqda The Sun xabar bermoqda.

O‘yin 2-sentabr kuni Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mankunianlar tarkibida Edvin van der Sar, Pol Skoulz, Duayt York, Fil Nevill kabi futbolchilar maydonga tushishi kutilmoqda. Gaiska Mendyeta, Erik Abidal, Migel Anxel Nadal, George Popesku va Xulio Salinas esa “Barselona” libosida o‘yinda qatnashadi.

Bolt 12-avgust kuni Londonda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining 100 metrga yugurish bo‘yicha estafeta musobaqasida jarohat oldi va finishga yetib kela olmadi. Musobaqada britaniyalik sportchilar g‘olib chiqdi. Mazkur poyga yamaykalik sportchi uchun so‘nggisi bo‘ldi: musobaqadan so‘ng u professional faoliyatiga yakun yasadi.

Bolt 30 iyun kuni Dortmundning “Borussiya” futbol klubi mashg‘ulotlarida qatnashishini ma’lum qilgan edi. Yamaykalik poygachi, agar hammasi yaxshi o‘tsa, futbol bilan professional darajada shug‘ullanish niyati borligini aytib o‘tgan edi.

Useyn Bolt “Manchester Yunayted” ishqibozi sanaladi. Sprinter yengil atletikadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, “Manchester Yunayted” safida to‘p surish niyati borligini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют