» » Filippinda narkotiklarga qarshi reydlarning bir kuni davomida 30 dan ziyod odam o‘ldirildi

Filippinda narkotiklarga qarshi reydlarning bir kuni davomida 30 dan ziyod odam o‘ldirildi


Filippinda huquq-tartibot organlarining narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi ommaviy reydlari davomida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aloqadorlikda gumon qilingan 32 kishi yo‘q qilingan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Agentlikning qayd etishicha, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte tomonidan bir yil avval e’lon qilingan giyohvand moddalar aylanmasiga qarshi umummilliy kurash doirasida hali hech bir kunda bunchalik ko‘p odam o‘ldirilmagan edi.

Politsiya mamlakat shimolidagi Bulakan viloyatida 67 ta reyd o‘tkazgan bo‘lib, 109 kishi hibsga olingan. 200 kilogrammdan ziyod metamfetamin, 780 kilogrammdan ortiq marixuana giyohvand moddalari, turli o‘qotar qurollar va granatalar musodara qilingan.

Associated Press agentligi axborotiga ko‘ra, Rodrigo Duterte hokimiyat tepasiga kelganidan beri narkotiklarni tarqatishda gumon qilingan 3.2 mingdan ziyod odam yo‘q qilingan. Narkosavdo bilan aloqador yana 2 mingdan ortiq kishi boshqa sabablarga ko‘ra halok bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют