» » O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi

O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi


O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasportlar joriy etiladi. Chet elga chiqish ruxsatnomasi (stiker)ni rasmiylashtirish tartibi ham shu sanadan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda tegishli farmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 16-avgust kuni imzolangan.

Belgilanishicha, amalda qo‘llanilayotgan 2011-yil namunasidagi biometrik pasport fuqaroning shaxsi va fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi.

O‘zbekiston fuqarosi ushbu pasport bilan 2021-yilning 1-yanvariga qadar chiqish vizasi (stiker)ni rasmiylashtirish talab qilinmaydigan davlatlarga kirishi mumkin.

O‘zbekiston bilan viza tartibini o‘rnatgan mamlakatlarga chiqish uchun amaldagi biometrik pasportdan undagi xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stikerning muddati yakuniga qadar foydalanish mumkin.

Xorijga chiqish uchun biometrik pasportining davlat standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 1-dekabriga qadar tasdiqlanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют