» » Markaziy bank: 50 ming so‘mlikning muomalaga chiqarilishi inflyatsiya va narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi

Markaziy bank: 50 ming so‘mlikning muomalaga chiqarilishi inflyatsiya va narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi


O‘zbekiston Markaziy banki 50 ming so‘mlik yangi banknotlarning muomalaga chiqarilishi yuzasidan rasmiy sharh berdi. Sharh matni bank saytida e’lon qilingan.

Xabar berishlaricha, 22-avgustdan muomalaga chiqariladigan 50 ming so‘mlik banknot namunasi va dizayni Oliy Majlis Senati tomonidan 14-avgust kuni tasdiqlangan.

Mavzuga doir: 50 000 so‘mlik yangi kupyura ko‘rinishi — bitta rasmda

Markaziy bankning mal’lum qilishicha, 50 ming so‘m qiymatdagi banknotni muomalaga kiritish O‘zbekistonda “so‘nggi yillarda o‘rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida” amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘zbekiston Markaziy banki axborotidan

Shuningdek, Markaziy bankning qo‘shimcha qilishicha, mazkur amaliyot naqd puldagi hisob-kitoblarni ixchamlashtirish, naqd pulni tashish, yetkazish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar va noqulayliklarni kamaytirish hamda bankomatlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini ham beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют