» » Avstraliyalik ekspertlar Hind okeanida g‘oyib bo‘lgan Boeing’ni qidirish bo‘yicha yangi istiqbolli hududni aniqladi

Avstraliyalik ekspertlar Hind okeanida g‘oyib bo‘lgan Boeing’ni qidirish bo‘yicha yangi istiqbolli hududni aniqladi


Avstraliyalik ekspertlar 2014-yilda Hind okeanida g‘oyib bo‘lgan Malayziyaning Boeing samolyotini qidirish bo‘yicha yangi istiqbolli hududni aniqladi. Bu haqda Avstraliya geologiya xizmati va Ilmiy-amaliy tadqiqotlar davlat birlashmasi (CSIRO) mutaxassislarining yangi hisobotlarini taqdim etgan Avstraliya transportda xavfsizlik byurosi rahbari Greg Xud ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Ekspertlar Fransiya sun’iy yo‘ldoshi 2014-yil 23-mart kuni, ya’ni havo kemasi g‘oyib bo‘lganidan ikki hafta o‘tib Hind okeanida olgan suratlarni tahlil qildi.

Qutqaruvchilar avvaliga turli manbalar asosida belgilab olingan qidiruvlarning rasmiy zonasidan tashqaridagi hududlar aks etgan mazkur suratlarga e’tibor bermadi. Biroq keyinchalik ekspertlar ularga boshqacha nazar bilan yondashdi va Aavstraliya g‘arbida okean suvosti oqimlarini kompyuter modellashtiruvini o‘tkazgan CSIRO mutaxassislari ma’lumotlari bilan solishtirdi.

Natijada asosiy qidiruv zonasidan shimoli-g‘arbdagi kichikroq hudud yangi o‘rganishlar uchun istiqbolli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют