» » Sherzod Shermatov: Abituriyentlar test tugashi bilan natijalarini bilishi mumkin bo‘ladi

Sherzod Shermatov: Abituriyentlar test tugashi bilan natijalarini bilishi mumkin bo‘ladi


Hukumat va Davlat test markazi kirish imtihonlarini qayta ko‘rib chiqish ustida ishlamoqda. Buning natijalarini keyingi yil ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro press-klub yig‘ilishida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

An’anaga ko‘ra, 1-avgust — imtihon kuni O‘zbekiston mobil operatorlari profilaktik ishlar boshlanganini e’lon qiladi, SMS va mobil internet xizmati o‘chiriladi. Respublika bo‘yicha xizmatlarni bloklash o‘rniga zamonaviy texnologiyalar yoki signal susaytirgichlar ishlatish vaqti kelgani haqidagi savolga javob berarkan, Sherzod Shermatov shunday dedi:

“To‘g‘ri savol. Men Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lganmna (2014?2016-yillar). To‘rt yil davomida bu yerda imtihonlar o‘tkazamiz. Internet tufayli yoki shpargalka, telefon yo‘qligi bois universitetga ‘noto‘g‘ri’ nomzodlar kirganini eshitganmisiz? Bularni bir-biriga bog‘lash kerak emas”.

3-avgust kuni madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashuvda Prezident kirish imtihonlari tizimini tanqid ostiga olgan edi. U madaniyat, san’at va ijod yo‘nalishlaridagi oliygohlar uchun test savollarini olib tashlashni topshirdi.

“Keyingi imtihonga qadar javoblar test o‘tishi bilan chiqishi vazifasi qo‘yilgan”, — qayd qilib o‘tdi Sherzod Shermatov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют