» » Apple o‘z shou va seriallarini chiqarishga milliard dollar sarflaydi

Apple o‘z shou va seriallarini chiqarishga milliard dollar sarflaydi


Apple kompaniyasi milliard dollarga o‘z videokontentini yaratish yoki sotib olishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bu pullarni 2018-yil mobaynida ajratib boradi, deb xabar beradi TJournal The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib.

Aytilishicha, Apple kamida o‘nta televizion shou ishlab chiqarish yoki sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu bilan kompaniya katta vitse-prezidenti Eddi Kyu shug‘ullanadi. U “Taxtlar o‘yini” singari sifatli videokontent yaratish yoxud o‘z videoservisini ishlab chiqish tarafdori.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga qaraganda, komediya seriali ishlash 2 million dollar, dramatik serial — 5 million dollargacha turadi. “Taxtlar o‘yini”ga teng shoularning bir qismi 10 million dollarga tushishi mumkin.

O‘z videoservisini ishga tushirishi uchun Apple kamida bitta yirik budjetli xit suratga olishi talab etiladi. Hozircha Apple Music’da Carpool Karaoke vaPlanet of the Apps ko‘rsatuvlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya xodimlari Gollivuddagi agentlar, shuningdek, WGN telestansiyasi rahbariyati bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют