» » Yaponiyada gigant toshbaqa hayvonot bog‘idan qochib ketdi. U ikki haftadan so‘ng bog‘ devoridan 140 metr narida topildi

Yaponiyada gigant toshbaqa hayvonot bog‘idan qochib ketdi. U ikki haftadan so‘ng bog‘ devoridan 140 metr narida topildi


Yaponiyaning Okayama prefekturasidagi Sibukava bog‘idan 3-avgust kuni Abu laqabli, 35 yoshli gigant toshbaqa qochib ketgan edi, deb yozadi Meduza.

Bog‘ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, 55 yoshli toshbaqa bog‘ bo‘ylab erkin sayr qilar, faqat tunda qafasga olib kirib qo‘yilardi. Kuzatuv kameralari yozuvlari Abu bog‘ning asosiy kirish joyidan tashqariga chiqib ketganini ko‘rsatdi.

Toshbaqa yo‘qolib qolganidan bir necha kun o‘tib, bog‘ ma’muriyati jonivor haqida axborot bergan har qanday shaxsga 500 ming yen (taxminan 4,5 ming dollar) miqdorida mukofot puli va’da qildi.

Toshbaqa 16-avgust kuni topildi. U bog‘ devoridan 140 metr uzoqlikdagi butalar orasiga kirib olgani ma’lum bo‘ldi.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aniqlik kiritishicha, bu so‘nggi bir oy ichida Abuning ikkinchi marta qochib ketishidir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют