» » Profilaktika tadbirlari natijasida Xorazm viloyatidagi 159 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi

Profilaktika tadbirlari natijasida Xorazm viloyatidagi 159 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi


Haftaning har payshanbasida ichki ishlar idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yilgandan buyon Xorazm viloyatida 943 ta jinoyat fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Profilaktika tadbirlari davomida 5 nafar qidiruvdagi shaxs qo‘lga olinib, huquqbuzarlik sodir etgan 1178 kishiga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

Profilaktika tadbirlari keng yo‘lga qo‘yilgani, aholi o‘rtasida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot ishlari tufayli viloyatdagi 159 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.

Profilaktika inspektorlariga qulay mehnat va turmush sharoiti yaratish maqsadida 39 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uyi berildi. 268 nafar profilaktika inspektoriga uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratildi.

Ularning barchasini avtomashina bilan ta’minlash uchun boshlang‘ich to‘lovlar amalga oshirilib, shartnomalar tuzildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют