» » Sony Xperia XZ1 ning “jonli” suratlari va u haqdagi yangi tafsilotlar tarqaldi (foto)

Sony Xperia XZ1 ning “jonli” suratlari va u haqdagi yangi tafsilotlar tarqaldi (foto)


IFA 2017 doirasida bo‘lib o‘tadigan Sony taqdimoti tobora yaqinlashib bormoqda, shu tufayli ma’lumotlar ham ko‘proq tarqalmoqda. Bir kun ichida Xperia XZ1 flagmanining dastlab renderlari, so‘ng “jonli” fotosuratlari hamda qurilma tavsifi bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Sony yana OmniBalance klassik dizayniga murojaat qilgan ko‘rinadi, chunki yangi qurilmaning tashqi ko‘rinishi Xperia XZ, XZ va XZ Premium’niki bilan deyarli bir xil.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon MotionEye texnologiyasiga ega 19 megapikselli kameraga hamda soniyasiga 960 ta kadr tezligida videoyozuv tasvirga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, XZ1 13 megapikselli old kamera, old stereodinamiklar, IP 68 va IP65 standartlari bo‘yicha chang va suvdan himoya bilan ta’minlanadi.

Qurilma 5,2 dyuymli, 1920?1080 pikselli ekran, Snapdragon 835 + Adreno 540 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira bilan jihozlanadi. Android 7.1.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Sony Xperia XZ1 smartfoni 31-avgust kuni IFA 2017 da taqdim etiladi. U bilan bir qatorda Sony’dan yana ikkita qurilma: Xperia XZ1 Compact va Xperia X1 namoyish etilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют