» » Motorola polimerdan o‘zini-o‘zi tuzata oladigan ekran yasadi (foto)

Motorola polimerdan o‘zini-o‘zi tuzata oladigan ekran yasadi (foto)


Motorola Moto Z Force qurilmalari oilasi darz ketishga qarshi kuchli himoyani ta’minlaydigan ShatterShield texnologiyasiga ega ekranlari bilan mashhur, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Qurilmalarning old paneli shishadan emas, polimer materialdan qilingan. Albatta, uning tirnalishi oson, ammo qurilmani istalgancha asfaltga tashlash mumkin — ekrani sinmaydi. Endi esa Moto ushbu texnologiyani rivojlantirish ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Motorola ro‘yxatdan o‘tkazgan patent yaqinda OAVlar e’tiboriga tushdi, unda smartfon ekrani qandaydir shikastlanish olsa, uni o‘zi ta’mirlab beruvchi “aqlli shisha” yangi texnologiyasini tavsiflab beradi.

Unda aytilishicha, “xotira”ga ega shishasimon polimer, ya’ni o‘ziga xos plastik, o‘zining dastlabki shaklini “eslab qoladi” va muayyan sharoitlarda uni qayta tiklashga intilishi mumkin. Dasturiy ta’minot ekrandagi yoriqlarni avtomatik tarzda aniqlaydi va foydalanuvchiga qayta tiklanish jarayonini ishga tushirishni taklif qiladi.

Foydalanuvchi rozilik berganidan keyin qurilmani bir chetga olib qo‘yishi va biroz vaqt undan foydalanmasligi kerak. Displeydagi qurilma komponentlarining maxsus to‘plami ekranni qizidirishni boshlaydi. Harorat ko‘tarilganida “aqlli shisha” molekulalari dastlabki tuzilmani qayta tiklash uchun tezroq harakatlanadi.

Motorola tan olishicha, mukammal qayta tiklanish hozircha imkonsiz, ammo jarayon “ma’lum bir deformatsiyani ortga qaytarish”ga qodir. Yaqin orada mobil qurilmalar ekranlari “o‘z-o‘zini tuzatishi”ni taxmin qilishga asos bor, deb yozadi nashr.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют