» » Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi bo‘yicha majlis o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi bo‘yicha majlis o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori M.Xolmuhammedov, Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va ularning o‘rinbosarlarini qabul qildi hamda hisobotlarini tingladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Majlisda Prezidentning davlat maslahatchisi A.Yunusxo‘jayev, Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va Hisob palatasi raisi M.Ikromov qatnashdi.

Muloqot chog‘ida Prezident tomonidan o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘z hohishiga ko‘ra 10-sinfda o‘qishini davom ettirishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qamrab olish ishlari izchil davom etmoqda.

O‘quv rejasiga ko‘ra, 10-sinf o‘quvchilari haftada 5 kun umumta’lim fanlarini va 1 kun kasbiy fanlarni o‘rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o‘quv ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi.

Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming o‘qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. Ulardan 9,5 ming nafarini oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, 13 ming nafarini litsey va kollejlar o‘qituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirilmoqda.

2017—2018-o‘quv yilidan boshlab, 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o‘qituvchining kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.

10-sinf o‘quvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, ayni paytda ta’lim muassasalariga yetkazilmoqda.

Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlaridan har bir maktabga mas’ullar biriktirildi.

Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 650 ming nafar o‘quvchi uchun “Prezident sovg‘asi” sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to‘liq yetkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют