» » Shavkat Mirziyoyev bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish bo‘yicha dastur tayyorlashga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish bo‘yicha dastur tayyorlashga ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida soha rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini qabul qildi hamda hisobotlarini tingladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Prezident maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bugungi kundagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi.

Majlisda davlat rahbari tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni  to‘liq qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta’lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirish, ularni ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tarkibiga o‘tkazish orqali tajribali professor-o‘qituvchilar ta’lim berishiga erishish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25-avgustga qadar barcha ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash, Investitsiya dasturiga kiritilgan ta’lim obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash, ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan qarorlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют